Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabariga ko‘ra, Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Salor bazasidan Mustaqillik ko‘chasiga olib boruvchi Sayram 7-tor ko‘chasi yopib qo‘yildi, deb yozadi “UZ24”.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Ilova qilingan suratlarga qaraganda, yo‘lning bir tomoni beton to‘sinlar bilan, ikkinchi tomoni panjara bilan to‘silgan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Shu tariqa, endi Sayram 7-tor ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasiga chiqib bo‘lmaydi, deyiladi xabarda.

Foto: uz24.uz

Foto: uz24.uz

Yo‘lning berkitilishi va ushbu hududdagi ta’mirlash ishlari haqida Toshkent shahar hokimiyati saytida  xabar berilganicha yo‘q.