Braziliyada baquvvat erkak velosiped yo‘lagida qoldirib ketilgan Fiat Uno avtomobilini o‘z qo‘llari bilan ko‘tarib, chetga surib qo‘ydi, deb xabar bermoqda Autoevolution.

Foto: autoevolution.com

Foto: autoevolution.com

Qayd etilishicha, velosipedda kelayotgan erkak yo‘lda turgan avtomobilni ko‘rib, uning orqa qismini ko‘targan va chetga chiqarib qo‘ygan.

https://youtu.be/luNGjffDjCs

Guvohlar velosipedchining bu harakatini hayrat bilan qabul qilgan. Ushbu holat aks etgan videoyozuv YouTube’ga 27-iyul kuni joylashtirilgan bo‘lib, bir sutka ichida 600 ming martadan ko‘proq ko‘rilgan.