Yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, Volkswagen jahonning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi maqomini Toyota’dan tortib oldi. Bu haqda “Eurointegration.com.ua” xabar bermoqda.

Foto: “consumerreportscdn.org”

Foto: “consumerreportscdn.org”

Yaponiya avtokonserni 2015-yilning yanvar-iyun oylarida 5,02 million dona avtomobil sotgani haqida hisobot berdi. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 1,5 foizga, shuningdek, hisobot davrida 5,4 million mashina sotgan VW ko‘rsatkichlaridan kam.

Toyota’ning ma’lum qilishicha, yarim yillik savdolar yakuniga bozorlardagi o‘sishning sustlashgani va Yaponiyada minikarlar uchun soliqlar qiymati oshirilgani ta’sir qilgan.

Reuters’ning xabar berishicha, Germaniyaning Volkswagen konserni sakkiz yillik rahbari Martin Vinterkorn qo‘l ostida yangi brendlar va zavodlar, shuningdek, Xitoydagi mutassil o‘sish hisobiga o‘z faoliyatini kengaytirib bormoqda.

2014-yili VW guruhi avtomobillari, jumladan, Audi va Porsche kabi qimmatbaho modellarning savdosi qariyb ikki barobar o‘sib, umumiy 10 million donadan oshib ketdi, ayni vaqtda, foyda uch barobar o‘sib, 12,7 milliard yevroga yetdi.