GM Uzbekistan kompaniyasi 27-iyuldan Labo modelini seriyalab ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: O‘zavtosanoat

Foto: O‘zavtosanoat

Umumiy qiymati 5,9 million dollar bo‘lgan loyiha doirasida yiliga 5 ming dona Labo avtomobillarini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Chevrolet Labo — yuk ko‘tarish quvvati 550 kilogrammgacha bo‘lgan kichik yuk mashinasi bo‘lib, u Damas modelining shahar va qishloq joylarda qisqa masofalarga yuk tashish uchun mo‘ljallangan bort kuzovi ochiq modifikatsiyasi hisoblanadi.

Avtomobil 38 ot kuchiga teng 0,8 litr hajmli uch silindrli dvigatel, besh bosqichli mexanik uzatmalar qutisi bilan ta’minlangan.

Qayd etish joiz, bu “Xorazm Avto” zavodida ishlab chiqariladigan uchinchi model bo‘ladi. Bungacha Xorazmdagi korxonada Damas va Orlando avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi.

Foto: “1tachniki.ru”

Foto: “1tachniki.ru”

Foto: “stblizko.ru”

Foto: “stblizko.ru”

Foto: “autowini.com”

Foto: “autowini.com”

Foto: “anhor.uz”

Foto: “anhor.uz”