Qozog‘istonning Ostona shahrida tennis bo‘yicha “Chellenjer” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 75 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnirning juftliklar bahsida o‘zbekistonlik Jo‘rabek Karimov finalda kortga tushdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.

Foto: itftennis.com

Foto: itftennis.com

1-avgust kuni o‘tkazilgan hal qiluvchi bahsda koreyalik Yun Seong Chang bilan tandem hosil qilgan Jo‘rabek Karimov rossiyalik Konstantin Kravchuk va moldovalik Denis Molchanov juftligiga ikki setda ham bir xil 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, Karimov Ostona “Chellenjer”i vitse-chempioniga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Sanjar Fayziyev va Temur Ismoilov ushbu turnirning yakkalik bahslari ikkinchi davrasida, Jo‘rabek Karimov esa ilk bosqichda mag‘lubiyatga uchragan edi.