Mali shimolidagi Timbuktu viloyatida jangarilar tomonidan harbiylar qarorgohiga uyushtirilgan hujum natijasida o‘n nafar askar halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

Foto: RIA Novosti

“3-avgust, dushanba kuni Gurma-Rarus shahridagi harbiy bazaga hujum uyushtirildi, oqibatda o‘n nafar askar halok bo‘ldi. Hozirgi vaqtda hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda”, — dedi armiya vakili.

Eslatib o‘tamiz, 2-avgust, yakshanba kuni ham Mali armiyasi karvoniga hujum uyushtirilgan, oqibatda ikki askar halok bo‘lib, to‘rt nafari tan jarohati olgandi.

Ma’lumot uchun, Malining shimoliy qismi ayirmachilar tomonidan nazorat qilinmoqda. BMT Xavfsizlik kengashi qarori bilan mamlakatga 11 ming nafardan ortiq BMT tinchlikparvarlari kiritilgan. Bundan tashqari, BMT XK ruxsati bilan, Fransiya armiyasining 4 ming kishilik kontingenti ham Malida turibdi.