Yaponiyalik mashhur avangardchi haykaltarosh Kaori Kavakami tomonidan metalldan ishlangan ulkan haykal Neapol yaqinidagi Kazoriya qishlog‘ida izsiz yo‘qoldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: TASS

Foto: TASS

Omochning ramziy tasviri hisoblangan ikki tonnalik monument shahar villalaridan birining hovlisida joylashgan zamonaviy san’at muzey-laboratoriyasi ko‘rgazma maydonchasida yo‘qolgan.

Muzey direktori professor Antonio Manfredi bronza haykal yo‘qolgani haqida politsiyaga xabar bergan, ayni vaqtda, OAV orqali haykalni o‘g‘irlagan noma’lum shaxslarga murojaat qilib, monumentni qayta eritishga topshirmaslikni o‘tinib so‘ragan.

“Bu eski bir temir buyum emas, balki san’at asaridir”, — dedi professori Manfredi.

Yaponiyalik haykaltaroshning bu ishi 300 ming yevroga baholangan va uning boshqa barcha asarlari qatori YuNЕSKO muhofazasidadir.