Qirg‘izistonlik uchuvchi xatolik sabab, o‘z boshqaruvidagi Boeing’ni Krasnodardagi qurilishi yakuniga yetmagan uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘ndirdi. “Vesti.ru” xabariga ko‘ra, mazkur Boeing 737-300 samolyoti “Bishkek — Krasnodar” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgan edi.

Foto: Vesti.ru

Foto: Vesti.ru

Samolyot bortida 122 kishi bo‘lgan. Ularning hech biri jabrlanmagan, qo‘nish odatdagi tartibda amalga oshirilgan. Xuddi shu kuni oqshomda samolyot Bishkekka qaytib uchib ketgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qurilayotgan yo‘lakka unga qo‘nish taqiqlangani haqidagi maxsus belgilar o‘rnatilgan edi. Hodisa yuzasidan tergov ma’lumotlari Qirg‘iziston aviatsiya ma’murlariga topshirilgan.