Ukrainaning sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov tomonidan tuzilgani e’lon qilingan Ukrainani qutqarish qo‘mitasi a’zolari mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni sud qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Meduza.

Foto: ridus.ru

Foto: ridus.ru

Moskvadagi “Ukraina” mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yanukovichni jinoiy ta’qib qilishni qo‘mita a’zosi — Ukraina Oliy Radasining sobiq deputati Igor Markov taklif qilgan.

Qayd etilishicha, qo‘mita Ukrainada muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishiga erishmoqchiligini ham ma’lum qilgan. Ukraina prezidenti lavozimiga qo‘mita Oliy Radaning sobiq deputati Vladimir Oleynik nomzodini ilgari surmoqchi.