Omsk viloyati sport vaziri va avtopoyga bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Aleksandr Fabritsius “Sibir qanotlari — 2015” aviaavtofestivalida superkarda samolyotni quvib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.

Foto: news.car.ru

Foto: news.car.ru

“Aviaprakt” yengil motorli samolyoti bilan poygada bellashish uchun “Avangard” xokkey klubining boshlig‘i Denis Kulyash o‘zining Ferrari 458 Italia avtomobilini taqdim etdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Fabritsius poyga boshlanishida biroz ushlanib qolganligiga qaramasdan, havo kemasini quvib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.