General Motors avtokonserni yoritgichlarda aniqlangan muammo tufayli Shimoliy Amerika va Kanada bozoridan 181 mingta avtomobilni chaqirib olishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

Aksiya 2005 va 2007-yillarda chiqarilgan Buick Lacrosse va Pontiac Grand Prix modellari uchun amal qiladi. Yoritgichlar nosozligi bilan bog‘liq hodisalar haqida kompaniyaga hech kim shikoyat qilmagan. Ular bepul ta’mirlab beriladi.

Avvalroq General Motors xavfsizlik yostiqchalaridagi muammo tufayli 2010-yilda chiqarilgan Cobalt avtomobillarini chaqirib olishi xabar qilingan edi.