Buyuk Britaniya hukumati elektromobillar bevosita harakat davomida energiya bilan to‘yinishiga imkon beruvchi yangi yo‘l texnologiyalarini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNN manbalariga tayanib, “Nur.kz” xabar bermoqda.

Foto: bnews.kz

Foto: bnews.kz

Yangi texnologiyalarga asoslangan yo‘llar sinovi 2015-yil oxirigacha o‘tkaziladi. Ularda mashinalarni quvvat bilan to‘yintirish uchun magnit induksiyasidan foydalaniladi: yo‘llardagi elektr uzatish tarmoqlariga ulangan podstansiyalar yo‘l qatlamiga joylashtiriladigan kabellarga energiya uzatadi, avtomobillar esa ushbu kabellarning elektromagnit nurlanishini ilg‘ab oladigan maxsus uskunalar bilan jihozlanadi.

Hukumat ushbu loyihaga 5 yil davomida 500 million funt sterling (779 million dollar) sarflashni mo‘ljallagan.