Audi kompaniyasining Germaniyadagi bo‘linmasi olti eshikli, sakkiz yo‘lovchiga mo‘ljallangan A3 kabrioletini namoyish etdi. Kabrioletga asos sifatida kompaniya bugungi kundagi A3ni emas, uning 2007-yilda chiqarilgan nusxasini tanladi. Bu haqda Carscoops nashri ma’lumotlari asosida “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: carscoops

Foto: carscoops

Avtomobil yagona nusxada tayyorlangan: u nozikta’b mijoz buyurtmasimi yoki yangi avlod kabrioleti, hozircha oshkor etilmayapti. Yangilikning texnik xususiyatlari va bozorga chiqarilish imkoniyatlari haqida ham izoh berilmagan.