Samarqand viloyatidagi JV MAN Auto – Uzbekistan zavodi MAN TGS 41.400 8X4 BB avtobetononasoslarini ishlab chiqarishni boshladi, deb xabar bermoqda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi matbuot xizmati.

Arxiv. Foto: heavycherry.com

Arxiv. Foto: heavycherry.com

Ushbu mashina maxsus beton tashuvchi vositalardan yangi tayyorlangan beton qorishmasini qabul qilib olib, uni gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda yetkazib berishga mo‘ljallangan.

Avtobetononasoslar yaxlit bino va inshootlarni qurishda, poydevor va quyiluvchi pollarni o‘rnatishda ishlatiladigan mobil qurilmalardir. Ular statsionar qurilmalarga qaraganda katta ustunlikka ega — turli xil manyovlarni bajara oladi va yaxlitlik uzilmasligini ta’minlaydi.