Britaniyaning Rolls-Royce kompaniyasi Braziliyaning Petrobras kompaniyasidagi korrupsiya mojarosiga aralashib qolgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Foto: elnuevoherald.com

Foto: elnuevoherald.com

“Biz Braziliyadagi tergov harakatlari bilan hamkorlik qilyapmiz, biroq davom etayotgan tergov tafsilotlarini ma’lum qila olmaymiz. Rolls-Royce amaldorlar bilan bog‘liq har qanday ko‘rinishdagi jinoyatlarga nisbatan toqatsiz ekanligini bir necha bor ta’kidlaganmiz”, — dedi The Daily Telegraph’ga vaziyat haqida axborot bergan kompaniyadagi manba.

Qayd etishlaricha, korrupsiya ishi bo‘yicha tergov qilinayotgan Petrobras’ning sobiq menejerlari tilga olgan kompaniyalar orasida Rolls-Royce ham bo‘lgan.