Yevropada dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilariga tegishli to‘qqizta yangi model ishtirokida keng ko‘lamli krash-testlar ketma-ketligi o‘tkazildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Foto: gazeta.ru

Foto: gazeta.ru

Xavfsizlik tizimlari tanlovida premium klassdagi yangi katta yo‘ltanlamaslar g‘olib chiqdi. Yangi Volvo XC90 esa haydovchi va yo‘lovchi himoyalanganligi bo‘yicha tarixdagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.

Sinalgan modellardan ikkitasigina eng yuqori baho — besh yulduzga ega bo‘la olmadi, bular Mitsubishi L200 yangilangan pikapi va Mazda CX-3 ixcham krossoveridir.

To‘qqizta model ichida yaqinda yangilangan XC90 eng xavfsiz avtomobil bo‘ldi. Xavfsizlikka alohida urg‘u beradigan Shvetsiya markasi deyarli hech qanday kamchilikka ega bo‘lmagan modelni namoyish eta oldi.