GM Uzbekistan AJ QK 2015-yilning yanvar—avgust oylarida Rossiyaga avtomobil sotish hajmini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53,1 foizga kamaytirdi. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: uzavtosanoat.uz

Foto: uzavtosanoat.uz

Sakkiz oy davomida Rossiyaga jami 13 752 ta mashina sotilgan. Avgustda o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan savdo-sotiq hajmi 29,5 foizga kamayib, 1723 donagacha tushib ketdi.

2015-yilning yanvar—avgustida GM Uzbekistan AJ QK ning Rossiya bozoridagi ulushi 1,2 foizni tashkil etdi, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich esa 1,4 foizga teng bo‘lgan.