Mercedes-Benz uzoq yo‘l bosish zaxirasiga ega bo‘lgan elektromobilni loyihalashtirmoqda: yangi mashina bir marta elektr bilan to‘yingach, 500 kilometr yo‘l bosishi mumkin. Bu haqda kompaniya ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘linmasi rahbari Tomas Veber ma’lum qildi, deya xabar berdi “3dnews.ru”.

Foto: avito.ru

Foto: avito.ru

Mercedes-Benz vakili yangi elektromobil “yaqin orada dunyo yuzini ko‘rishi”ni ta’kidlab o‘tdi. Avtomobillar olamida bu jumla bir necha yillarni ham anglatishi mumkin.