Rolls-Royce kompaniyasi Dawn nomini olgan to‘rt o‘rinli kabrioletni rasman namoyish etdi. Yangi model savdosi 2016-yilda boshlanishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda “Carzone.uz”.

Rolls-Royce Dawn. Foto: Motor.ru

Rolls-Royce Dawn. Foto: Motor.ru

Dawn belgisidan Rolls-Royce kompaniyasi ilk bor 1950—1954-yillar davomida atigi 28 dona ishlab chiqarilgan klassik Silver Dawn kabrioletida foydalangan edi.

Britaniyaliklarning ma’lum qilishicha, model “Wraith kupesi negizida qurilgan emas” va to‘liq mustaqil, chunki uning kuzovidagi panellarning 80 foizi unikaldir.

Rolls-Royce Dawn. Foto: Motor.ru

Rolls-Royce Dawn. Foto: Motor.ru

Kabriolet soatiga 50 kilometr tezlikda 22 soniyada “mutlaqo shovqinsiz” mexanizm yordamida yig‘iladigan yoki o‘rnatiladigan yumshoq tomga ega bo‘lgan.

Rolls-Royce Dawn avtomobili 16 ta individual ravishda sozlangan dinamikali, yangi Bespoke stereotizimi bilan ta’minlangan. Maxsus mikrofon salondagi tashqi shovqinlarni nazorat qilib turadi, shundan so‘ng tizim tonallik va musiqa balandligi darajasini mustaqil ravishda belgilaydi.

Rolls-Royce Dawn. Foto: Motor.ru

Rolls-Royce Dawn. Foto: Motor.ru

Kabriolet boshqaruvini sensor sathdagi maxsus kontrollyor yordamida amalga oshirish mumkin bo‘lgan multimedia majmuasi bilan ta’minlangan bo‘lib, xususan, unda ma’lumotlarni barmoq yordamida kiritish tizimi ham mavjud — mazkur tizim lotin, arab va xitoy imlosini taniydi.

Rolls-Royce Dawn. Foto: Motor.ru

Rolls-Royce Dawn. Foto: Motor.ru

Rolls-Royce Dawn faol iqlim nazorati (kruiz-kontrol), asosiy chiroqning moslashuvchan faralari va ma’lumotlari salondagi 10,25 dyuymli monitorda ko‘rsatib turiladigan sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi bilan ham ta’minlangan. Bundan tashqari, modelda proyeksion displey va teplovizor asosida piyodalar va jonivorlarni tanish tizimi ham bor.

Rolls-Royce Dawn. Foto: Motor.ru

Rolls-Royce Dawn. Foto: Motor.ru

Yangi model hajmi 6,6 litr bo‘lgan 563 ot kuchiga ega benzinli V12 turbomotor bilan ta’minlangan. Dvigatel ZF kompaniyasining sakkiz bosqichli avtomat uzatmalar qutisi bilan boshqariladi. Kabrioletda uzatmalar qutisi ishini GPS-navigator ma’lumotlari bilan muvofiqlashtiruvchi Satellite Aided Transmission (SAT) tizimi qo‘llanilgan.

Rolls-Royce Dawn. Foto: Motor.ru

Rolls-Royce Dawn. Foto: Motor.ru

Rolls-Royce Dawn aynan qachon savdoga chiqishi, narxlari qanday bo‘lishi haqida hozircha axborot berilmayapti. Taxminlarga ko‘ra, kabriolet kamida 250 ming funt-sterling (380 ming dollar)dan sotiladi.