Toyota’ning Shimoliy Amerika bo‘linmasi 2014-yil iyunida taqdimoti o‘tkazilgan loyiha — “Uchar avtomobil” qanoti konstruksiyasi uchun AQShda patent oldi. Bu haqda “Carzone.uz” xabar bermoqda.

Foto: NEWSru.

Foto: NEWSru.

Konstruksiya “Aeromobilga mo‘ljallangan yig‘iluvchi qanot” nomini olgan. To‘rt qanot ishlamayotgan vaqtda avtomobilning tom qismidagi maxsus bo‘lmada turadi, ularni salondagi maxsus tugmani bosish orqali harakatga keltirish mumkin.

Toyota’ning mazkur loyihasi uzoq istiqbolga mo‘ljallangan bo‘lib, avtomobilning tajribaviy namunasi taxminan qachon paydo bo‘lishi hozircha ma’lum qilinmagan. Hozirgi vaqtda ma’lum eng mashhur zamonaviy “uchar avtomobillar” namunalari sifatida Slovakiyaning AeroMobil, Germaniyaning Carplane, shuningdek, AQShning Terrafugia kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Transition va TF-X loyihalarini ko‘rsatish mumkin.