Google kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan tahliliy hisobot ma’lumotlariga ko‘ra, Chevrolet O‘zbekistondagi eng ommabop avtomobil brendi deb topildi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.

Foto: 12news.uz

Foto: 12news.uz

Qidiruv tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilda O‘zbekistonda bir oyda ko‘pi bilan 1,9 ming marta Chevrolet bo‘yicha Google’ga so‘rov berilgan.

Avvalroq O‘zbekiston 2010-yildan beri Chevrolet mashinalari sotilishi hajmi bo‘yicha jahonda kuchli o‘nlikda turishi ma’lum qilingan edi.

“Carzone.uz”ning Google hisobotiga asoslanib xabar berishicha, qozog‘istonliklar qidiruv tizimida Hyundai’ni, Qirg‘iziston va Turkmanistondagi internet foydalanuvchilar esa asosan BMW’ni qidirishlari ma’lum bo‘ldi.