Joriy yilning Nissan Leaf modeli bozorda eng ommabop avtomobillardan biri hisoblanadi, deb yozadi “Computerra.ru”.

Foto: “Computerra.ru”

Foto: “Computerra.ru”

Bir marta olgan quvvati bilan mashina 135 km masofani bosishi mumkin. 2016-yilgi modelda esa bir qator yaxshilanishlar kuzatildi. Xususan, batareya quvvati 27 foizga — 24 dan 30 kVt/soatgacha oshirildi. U bir marta olgan quvvati bilan 170 km yo‘l yura oladi.

Elektromobil narxi esa o‘rtacha darajada qoldi. Ularning qiymati 21 510 dollardan boshlanadi.