General Motors AQSh adliya vazirligi bilan sud ta’qibini kechiktirish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

Kelishuvga ko‘ra, rasmiylar kompaniyaga avtomobillarning o‘t oldirish tizimidagi nosozliklar yuzasidan ayblov e’lon qiladi, biroq ishning ko‘rib chiqilishi keyinga qoldiriladi. O‘z navbatida, General Motors sudning barcha talablarini bajaradi, jumladan, 900 million dollar jarima to‘lab beradi.

Oldinroq Los-Anjeles sudiga dvigatelni kalitsiz o‘t oldirish tizimiga ega mashinalar ishlab chiqaradigan dunyodagi 10 ta yirik avtomobil kompaniyasiga qarshi da’vo kiritilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. 28 nafar da’vogarning ta’kidlashicha, ishlab chiqaruvchilar bunday tizimdan foydalanganda is gazidan zaharlanish xavfi mavjudligini atayin yashirgan. Buning oqibatida AQShning o‘zida 13 kishi hayotdan ko‘z yumgan.