Chevrolet kompaniyasi yangilangan SS sedanini taqdim etdi, u avvalgi versiyadan agressivroq tashqi ko‘rinishi va zamonaviylashtirilgan chiqarish tizimi bilan farq qiladi. Bu haqda Motor xabar bermoqda.

Foto: Motor

Foto: Motor

Sedan kuzovining old qismiga xrom bilan qoplangan detallar va vertikal tunnellar o‘rnatildi.

Sedanning restaylinggacha bo‘lgan ko‘rinishi. Foto: Motor

Sedanning restaylinggacha bo‘lgan ko‘rinishi. Foto: Motor

Uning kapotida esa ventilyatsiya teshiklari paydo bo‘ldi, shuningdek, mashina yorug‘lik diodli kunduzgi chiroqlar hamda boshqacha dizayndagi 19 dyuymli alyuminiy g‘ildirak disklariga ega bo‘ldi.

Yangilangan SS. Foto: Motor

Yangilangan SS. Foto: Motor

Shuningdek, sedan yangi chiqarish tizimi bilan jihozlandi, u sekin yurganda past, tez yurganda baland ovoz chiqaradi.