Germaniyaning MAN Truck and Bus AG kompaniyasi bosh ijrochi direktori Yoaxim Dres boshchiligidagi kompaniya vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga keldi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Uzbekistan Today

Foto: Uzbekistan Today

Delegatsiya a’zolari O‘zbekistonga tashrifi doirasida JV MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasida bo‘lib, korxonaning dilerlik va texnik xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati hamda MAN yuk avtomobillarini yig‘ish jarayoni bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.

“Mazkur tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad, mahsulotlar eksporti bozorini yanada kengaytirish va hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat. Shuningdek, tashrif doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda yurtimizda MAN yuk avtomobillarining butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratiladi”, — deyiladi kompania axborotida.