Worldcarfans nashri Chevrolet Camaro yangi avlodining eng qudratli ko‘rinishi — ZL1 suratlarini qo‘lga kiritdi: ular mazkur avtomobilning Germaniyaning Nyurburgring trassasidagi sinovlari chog‘ida olingan. Bu haqda Motor xabar berdi.

Foto: Worldcarfans

Foto: Worldcarfans

Lavhalarga qaraganda, Camaro ZL1 kuzovning tajovuzkor ko‘rinishga ega oldi qismi, ikki yondagi “yubka”ning yiriklashishi, boshqa orqa bamper va yukxona tomida spoylerga ega bo‘ladi.

Avtomobil Corvette Z06 superkariga o‘rnatiladigan V8 6,2 litrli motor bilan jihozlanadi. Corvette’da dvigatel 650 ot kuchigacha ega bo‘lishi mumkin, ammo Camaro ZL1 600 ot kuch bilan chegaralanishi taxmin qilinmoqda.

Yangi mashina to‘rt soniyada soatiga 96 kilometr tezlikda o‘rnidan jilishi mumkin.