Yaponiyaning The Sekai Nippo gazetasi muharriri Susumu Fudjixashi O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar beradi “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati.

Foto: Truck Race News

Foto: Truck Race News

Jurnalistning tashrifidan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi hamda iqtisodiyot sohasida o‘zbek-yapon hamkorligi to‘g‘risida turkum maqolalar tayyorlashdan iborat. Tashrif davomida Susumu Fudjixashi Samarqand avtomobil zavodida bo‘lib, zavod tarixi va ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

“Men Samarqandga kelmasdan oldin bu yerda faqat avtobuslar yig‘ilishiga ishonar edim. Aslida esa zavodda keng turdagi modellar ishlab chiqarilar ekan”, — deya yapon jurnalisti o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tashrif yakunida Susumu Fudjixashi ko‘rsatilgan e’tibor uchun barchaga o‘z minnatdorchiligini izhor etib, O‘zbekiston avtomobil sanoati faoliyati bilan yanada yaqinroq tanishish uchun keyingi tashrifida avtomobilsozlik tarmog‘idagi qator zavodlarga ham borish istagida ekanligini aytdi.