Ijtimoiy tarmoqda dunyodagi eng qudratli avtomobil – Bloodhound SSC’ning birinchi surati chop etildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Jalopnik

Foto: Jalopnik

Uning taqdimoti 2016-yilda bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi. Suratda mashina deyarli yig‘ilgan holda tasvirlangan. Hozirda muhandislar uni birinchi test sinovlariga va ommaviy taqdimotga tayyorlash bilan faol shug‘ullanmoqda.

Bloodhound SSC avtomobilining texnik xususiyatlari hozircha ma’lum qilinmadi. Shunisi ma’lumki, u soatiga 1600 kilometr tezlikka erisha oladi, quvvati esa 135 000 ot kuchiga teng.

Ta’kidlanishicha, raketamobilni sinovdan o‘tkazish Janubiy Afrikada joylashgan maxsus jihozlangan poligonda bo‘lib o‘tadi.