Porsche bosh direktori Mattias Myuller Volkswagen rahbari etib tayinlandi. Uning nomzodi konsern kuzatuv kengashi yig‘ilishida ma’qullangan. Bu haqda The Independent ma’lumotlariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Carzclub

Foto: Carzclub

Volkswagen avtokonserni Audi va Porsche’ning bir necha top-menejerlari, shuningdek, Amerikadagi bo‘linma rahbarini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Volkswagen boshqaruvi raisi Martin Vinterkorn dizel dvigatelli avtomobillarning bort kompyuteriga zararli moddalarni kamaytirib ko‘rsatuvchi dastur o‘rnatilgani bilan bog‘liq mojaro tufayli iste’fo bergan edi.