Zararli moddalar miqdorini aniqlab beruvchi ekologik testlarning qalbakilashtirilishi Volkswagen konsernining sho‘’ba korxonasi bo‘lmish Audi kompaniyasining butun dunyodagi 2,1 million atrofidagi avtomobillariga tegishli, deya ma’lum qilgan kompaniya vakili. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Atp.ag

Foto: Atp.ag

Vakilning bildirishicha, faqat Germaniyaning o‘zida kompaniyaning taxminan 577 ming atrofidagi deyarli barcha modeldagi avtomobillarida mazkur kamchiliklar aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh rasmiylari konsernga ushbu mamlakat bozorida 2009-2015-yillarda sotilgan 482 ming dizel dvigatelli Volkswagen va Audi yengil mashinalarini qaytarib olish majburiyatini yukladi. Avtogigantga solinishi mumkin bo‘lgan jarima miqdori 18 milliard dollarga yetishi mumkin. Yevropa va Osiyoda ham konsernga nisbatan surishtiruv boshlangan.