Rossiya aviakompaniyalariga tegishli samolyotlar Ukraina hududini aylanib o‘tmoqda. Rossiya samolyotlarining harakat yo‘nalishlari bilan FlightRadar24 servisi orqali tanishish mumkin.

Skrinshot: FlightRadar24

Skrinshot: FlightRadar24

Masalan, Moldova poytaxti Kishinyovdan Moskvaga uchadigan Rossiya aviakompaniyalari reyslari avvallari birgina Ukraina hududini kesib o‘tib, Rossiyaga kirib borardi.

FlightRadar24 ma’lumotiga ko‘ra, 26-noyabr holatiga ko‘ra rus samolyotlari Kishinyovdan Moskvaga uchish uchun Ruminiya, Vengriya, Slovakiya, Polsha va Belarus havo hududlariga kirib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Rossiya samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopishga qaror qilgani 26-noyabr kuni ma’lum bo‘lgandi. Taqiq qachondan kuchga kirishi ma’lum qilinmagandi.