Kremniy vodiysidagi axborot texnologiyalari kompaniyalarning shiddatli o‘sib borayotgani ularni faoliyat uchun yangi makonlarni izlashga majbur qilmoqda. Kabinetlar va muzokara xonalaridan iborat eski inshootlar soha ehtiyojlarini qondira olmayapti — kompaniyalarga xodimlar bir-biri bilan oson muloqot qila olishi uchun yanada kattaroq hududlar kerak bo‘lmoqda.

Yaqin bir necha yil ichida San-Fransisko atrofidagi shaharchalarning qiyofasi sezilarli yangilanadi — Apple, Facebook, Uber kabi kompaniyalar o‘zi uchun yangi binolar qurmoqda. “Vc.ru” tahririyati Kremniy vodiysidagi yirik kompaniyalarning yangi idoralarini bir fotogalereyaga jamladi.

Apple

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Apple’ning Kupertinodagi bo‘lajak idorasi, kompaniya xodimlari bir-biri bilan ko‘proq muloqotda bo‘lishi uchun, halqa ko‘rinishida tayyorlangan. Loyiha Apple asoschisi Stiv Jobs tomonidan tasdiqlangan.

Samsung

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

2015-yil sentabrida ochilgan Samsung’ning Amerikadagi bosh qarorgohi maydoni 100 ming kvadrat metrni tashkil etadi, u San-Xose shahrida (Kupertinodagi Apple bosh qarorgohidan 19 kilometr masofada) joylashgan. Kampus dizayni ustida NBBJ firmasi ishlagan — bu tashkilot Boeing zavodlaridan biri va Reebok’ning bosh qarorgohini ham loyihalashtirgan.

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Qavatlar oralig‘idagi katta va keng maydonlar xodimlarga bir-birlari bilan tez-tez uchrashib turish imkonini beradi.

Google

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

O‘zining yangi bosh qarorgohi loyihasini tayyorlash uchun Google britaniyalik ikki dizayner — BIG byurosi asoschisi Byarke Ingels va Heatherwick Studio asoschisi Tomas Xezervikka murojaat qildi.

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Yangi binolar harakatlanuvchi yengil bloklardan quriladi va kompaniyaning u yoki bu bo‘limi ehtiyojlariga asosan, ularnining joyini o‘zgartirish va qaytadan qurish mumkin bo‘ladi.

Autodesk

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

3D-loyihalashtirish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaning yangi bosh-qarorgohi San-Fransiskoda joylashgan. Autodesk xodimlari umumiy maydoni 35 ming kvadrat fut bo‘lgan yangi inshootga ko‘chib bo‘lgan.

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Binoda tonnellar — kompaniyaning turli bo‘limlarini bir-biri bilan bog‘lab turuvchi maxsus yo‘laklar bor.

Facebook

Facebook 2015-yil aprelida o‘zining yangi ofisiga ko‘chib o‘tdi va u jahondagi eng yirik openspeys hisoblanadi. Arxitektorlar oldida ijtimoiy tarmoq xodimlari bemalol muloqotda bo‘lishiga imkon beradigan “shaffof” interyerni yaratish vazifasi turgandi.

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Uber

Uber’ning hozirgi bosh qarorgohi boshqa AT-kompaniyalari ofislariga o‘xshamaydi. Bino interyerida oddiy beton pol va oppoq devorlar bilan yonma-yon qimmatbaho materiallardan, masalan, zarang, mis, marmar, oniksdan foydalanilgan.

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Me’morlarning g‘oyasi bo‘yicha, bu holat kompaniya servislarining ikki asosiy yo‘nalishi — Uber Black va Uber X’ni namoyon etadi.

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Uber ofisida maxsus devor joylashgan bo‘lib, unda real vaqt rejimida foydalanuvchilarning safarlari aks etgan infografika ko‘rsatib turiladi.

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Biroq kompaniya yangi, umumiy maydoni 423 ming kvadrat fut bo‘lgan binoga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Kompaniyaning yangi bosh qarorgohi bir-biri bilan ko‘priklar orqali bog‘langan ikki binodan iborat bo‘ladi. Bu yerda ham keng makonlar va galereyalar ko‘p bo‘ladi.

Cisco

Cisco kompaniyasining yangi ofisi San-Fransiskoda joylashgan, kompaniya unga 2013-yili ko‘chib o‘tgan. Binoda muzokaralar uchun mo‘ljallangan “ochiq” xonalar, dam olish uchun mo‘ljallangan norasmiy mehmonxonalar, shuningdek, dizaynerlik mebellari ko‘plab topiladi.

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Dropbox

Geremia Design dizaynerlik kompaniyasi Dropbox ofisini tayyorlashda umumiy hududlarga asosiy e’tiborni qaratdi — maxsus yoritkichlar, pardozlash materiallari, uchrashuv va yig‘ilishlar o‘tkazish uchun keng maydonlar.

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Nvidia

Bosh qarorgohni loyihalashtirish ishlari bilan Gensler dizayn-studiyasi shug‘ullanmoqda. Ularning g‘oyasi bo‘yicha, Nvidia’ning yangi ofisi birinchi qavati umumiy bo‘lgan ikkita uchburchak binodan iborat bo‘ladi.

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Bundan tashqari, inshootlarning bir qismi uncha katta bo‘lmagan ehrom ko‘rinishida quriladigan va maysa bilan maydonlar ostida bo‘ladi.

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Twitter

Twitter kompaniya uchun maxsus tayyorlangan yangi inshootga birinchilardan bo‘lib ko‘chdi. Bino San-Fransisko markazida, 1937-yili qurilgan binoda joylashgan.

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Qarorgohda xodimlarning o‘zaro uchrashuvlari uchun joylar ancha ko‘p.

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”

Twitter xodimlari uchun shahar manzarasi ko‘rinib turadigan katta oshxona:

Foto: “Vc.ru”

Foto: “Vc.ru”