AQShning Consumer Reports kompaniyasi yettita ommalashgan segment bo‘yicha eng yomon avtomobillar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Kompaniya mutaxassislari 230 mingdan ziyod avtomobil egalari orasida “o‘z mashinangizni yana xarid qilgan bo‘larmidingiz”, degan savol bilan so‘rov o‘tkazgan. Avtomobillarga esa narxi, yurishi, qulayligi, ishonchliligi kabi ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha baho berilgan.

Ro‘yxatdan asosan Janubiy Koreya va Yaponiya avtomobillari, jumladan, Nissan kompaniyasining uchta modeli o‘rin olgan. Antireytingda Kia Rio sedani yetakchilik qilmoqda: ushbu avtomobilni hozirgi egalaridan atigi 40 foizi qayta xarid qilishni istagan. Orqa o‘rindiqlar va bagajning torligi, shuningdek, opsiyalar juda kamligi sabab ushbu mashina qaqshatqich tanqidga uchragan.

Eng yomon avtomobillar ro‘yxatining to‘liq ko‘rinishi quyidagicha: Kia Rio (40%), Jeep Compass/Patriot (46%), Hyundai Veloster (50%), Nissan Quest (54%), Mercedes-Benz CLA (55%), Nissan Altima (58%), Nissan Frontier (60%).