Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida yaqin vaqt ichida Chevrolet rusumidagi avtomobillarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Amerika zavodi quriladi. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Xabar berishlaricha, Afg‘onistonning Balx viloyati ma’muriyati ushbu masalada Chevrolet kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar olib borgan, biroq muzokaralarning yakunlari hozircha ma’lum qilinmayapti.

Mahalliy biznes vakillaridan birining qayd etishicha, Chevrolet vakillari Balx viloyatida sarmoya kiritish uchun sharoitlarni yaxshilashni so‘ragan. Agar mazkur loyiha amalga oshadigan bo‘lsa, yuzlab afg‘onlar yirik avtomobilsozlik zavodi faoliyatiga jalb etiladi.