Rossiya samolyoti bortida amalga oshirilgan terakt Misr sayyohlik sohasiga jiddiy zarba bo‘lib tushdi. “Arab bahori” sabab yiliga 15 milliondan 9 milliongacha tushib ketgan sayyohlar soni yanada kamayib ketdi: Misrga reyslarni, xususan, British Airways va EasyJet bekor qildi, o‘n minglab rossiyalik sayyohlar Sinay yarimorolidagi kurortlardan evakuatsiya qilindi.

Fotosuratchilar Andrea va Magda bir necha oyni Misrning kurort mintaqasida o‘tkazib, sayohatchilar oqimi qanday tinib qolganini fotolarga hujjatlashtirdi. Antropolog Mark Oje Misr kurortlarini mahalliy hayotdan ajratib qo‘yilgan “sun’iy olam” deb atadi.

Fotosuratchilarning obyektivlariga kimsasiz savdo markazlari va plyajlar, qarovsiz tuyalar hamda tomoshabinlar va mijozlar bo‘lmasa-da, o‘zi ishini davom ettirayotgan mahalliy aholi tushgan. Original fotosuratlarni 17-yanvarga qadar Parijdagi “Yevropa fotosuratlar uyi”dagi ko‘rgazmada tomosha qilish mumkin, deb yozadi TJournal.

Ayni vaqtda, Misr sayyohlik sohasidagi vaziyatni umidsiz, deb bo‘lmaydi: 30 noyabr kuni Buyuk Britaniya va Misr britaniyalik sayyohlarni Sharm-ash-Shayx kurortlariga eltish bo‘yicha birgalikdagi tayyorgarlikni yakunlagani ma’lum bo‘ldi.

Soxta Sfinks soyasidagi farrosh, Arabian Nights tomoshalari o‘tkaziladigan bo‘m-bo‘sh sahna

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Uysiz tuya ovqat izlayapti. Sayyohlar ko‘ngilxushligi uchun foydalanilgan aksariyat jonivorlar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Sharmdagi Novotel mehmonxonasiga kirishdagi qo‘riqlash punkti

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Reja bo‘yicha, italyan me’morchiligini yodga solishi kerak bo‘lgan kimsasiz savdo markazi

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Sharm-ash-Shayxdagi ko‘plab mehmonxonalar va ularning xodimlari uchun mo‘ljallangan turar-joylar qurilishi yakuniga yetmagan

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Tabadagi qurilishi oxiriga yetmagan sohilbo‘yi kurorti

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Jamoatchilik uchun yopiq hisoblangan Sharm-ash-Shayxdagi botanika bog‘i xodimlari

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Huvillab qolgan plyaj

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Aksariyat mehmonxonalar umumiy golf maydonlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha sa’y-harakatlarini birlashtirmoqda, avval foydalanilgan golf maydonlari esa qarovsiz qolib, sahroga aylanmoqda

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Animatorlar tomoshabinlar bo‘lmasa-da, shou namoyish etmoqda

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Mart oyida tashkil etilgan xalqaro investitsiya forumi arafasida ko‘plab yo‘llar ta’mirlangan edi

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Deyarli butun sohilni sayyohlik infratuzilmasi obyektlari egallagan

Foto: TJournal

Foto: TJournal