Germaniyaning TIKT Performance firmasi mamlakat transport vazirligi va mahalliy avtomobil tyunerlari assotsiatsiyasi buyurtmasiga ko‘ra yagona nusxada Chevrolet Corvette politsiya kupesini tayyorladi. Mashina Essenda bo‘lib o‘tgan tyuning-shouda namoyish etildi. Bu haqda Motor xabar bermoqda.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Avtomobil “xavfsiz tyuning”ni targ‘ib etuvchi Tune it! Safe! ijtimoiy kampaniyasi doirasida tayyorlandi. Loyihaning rasmiy saytida bildirilishicha, “xavfsiz tyuning” deganda avtomobilni xavfsizlikka daxl qilmaydigan, sifatli ehtiyot qismlaridan foydalangan holatda mukammallashtirish nazarda tutiladi.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

TIKT Performance Corvette’ga karbonli aerodinamik to‘sgich, 20 dyuymli g‘ildirak diskini o‘rnatdi, salonda politsiya ratsiyasi paydo bo‘ldi. Dvigatel o‘zgarishsiz qolgan: kapot ostiga 6,2 litrli, 466 ot kuchiga ega, avtomobilni soatiga 100 kilometr ko‘rsatkichga 3,8 soniyada erishisihga imkon beruvchi “sakkiztalik” o‘rnatilgan.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Yettinchi avlod Chevrolet Corvette — Stingray ilk bor 2013-yilda namoyish etilgan, keyinchalik Z06 va C7.R versiyalari paydo bo‘lgandi.