Chevrolet kompaniyasining Rossiyadagi dilerlari Corvette Z06 kupesi — General Motors konserni tarixidagi eng kuchli seriyali model uchun buyurtmalar qabul qila boshladi, deb yozadi Motor.

Foto: Motor

Foto: Motor

Superkar motori 659 ot kuchi va 881 Nm aylanish lahzasigacha yetishi mumkin. Uning narxi 8 million 400 ming rubl (taxminan 126 ming dollar)dan boshlanadi.

Trek avtomobili oddiy Corvette’dan bo‘yalishi va chaqnovchi mayoqlari borligi bilan farq qiladi. Shuningdek, ushbu modelning dvigateli (6,2 litrli, sakkiz silindrli) va tormozi kuchliroq. Sakkiz bosqichli tezlik uzatish qutisi bilan juftlikda bu motor 100 km/soat tezlikka 2,95 soniyada chiqa oladi.