Motor1 nashri Chevrolet kompaniyasining Bolt nomli yangi seriyali elektrokarining yashirincha qo‘lga kiritilgan suratlarini e’lon qildi, deb yozadi Motor. Avtomobil Las-Vegasda CES iste’molchilik elektronikasi ko‘rgazmasi arafasida suratga tushirilgan.

Seriyali Chevrolet elektrokari. Foto: Motor

Seriyali Chevrolet elektrokari. Foto: Motor

Yangi mashina shu yilning yanvarida Detroitdagi motorshouda debyut qilingan Chevrolet Bolt konsept-kari asosiga qurilgan. Biroq sotishga mo‘ljallangan avtomobil va prototip dizaynidagi ba’zi elementlar keskin farq qiladi.

Chevrolet Bolt prototipi. Foto: Motor

Chevrolet Bolt prototipi. Foto: Motor

Elektrokarning texnik xususiyatlari hozircha maxfiy tutilmoqda. Avtomobil Koreyaning LG markasi bilan hamkorlikda jihozlanishi ma’lum, xolos.

Seriyali Chevrolet elektrokari. Foto: Motor

Seriyali Chevrolet elektrokari. Foto: Motor

Chevrolet Bolt prototipi. Foto: Motor

Chevrolet Bolt prototipi. Foto: Motor