Avstraliyaning Holden kompaniyasi Chevrolet brendi bilan tanilgan yangilangan Captiva krossoverini taqdim etdi. Bu haqda “Kolyosa” xabar bermoqda.

Foto: “Kolyosa”

Foto: “Kolyosa”

Holden  krossoverni o‘zining uslubiga moslashtirishga harakat qilgan, biroq yangilanishlar avtomobilning tashqi ko‘rinishiga katta ta’sir ko‘rsatmadi: radiator panjarasi biroz o‘zgargani, kunduzgi yorug‘lik diodli signal chiroqlari qo‘shilganini hisobga olmasa, bu o‘sha-o‘sha Chevrolet.

Dizaynerlar shu bilan cheklanib, salonni o‘zgartirishga kirishdi. Yo‘ltanlamas interyerida oldi panel o‘zgarganini ko‘rish mumkin: uning markazidan yetti dyuymli sensorli displey ega va Apple CarPlay hamda Android Auto’ni qo‘llab-quvvatlovchi MyLink multimedia tizimi o‘rin olgan. Krossover bir yo‘la ikki eskirgan versiya — Captiva 5 va Captiva 7 ni yangilab, o‘zida ham besh, ham yetti o‘rinli variantlarni birlashtiradi.

Foto: “Kolyosa”

Foto: “Kolyosa”

Avtomobil orqa tomonni ko‘rsatuvchi kamera, mashinani qo‘yishda yordam berish va avtomobil ortidagi obyektlar haqida ogohlantirish, shuningdek, ko‘zga tashlanmas hududlarni nazorat etish tizimlari bilan jihozlandi. Motor qismi esa o‘zgarishsiz qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Chevrolet kompaniyasi ham yaqinda yangilangan Captiva taqdimotini o‘tkazdi. Avstraliya kompaniyasining varianti esa aslida undan radiatorning falsh-panjarasi va Holden ramzi bilan farqlanadi, xolos.

Foto: “Kolyosa”

Foto: “Kolyosa”