Saudiya Arabistoni “Qirollik minorasi” (Kingdom Tower)ning qurilishini moliyalashtiradigan bo‘ldi, deya xabar bermoqda The Telegraph. Qurilishi yakuniga yetganidan so‘ng, u balandligi bir kilometrdan ortiq bo‘lgan jahondagi eng baland binoga aylanadi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Kingdom Tower loyihasi, Saudiya Arabistoni

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Jiddadan 32 kilometr shimolda bunyod etiladigan Kingdom Tower minorasi qurilishiga Saudiya Arabistoni hukumati 1,2 milliard dollar sarmoya kiritadi. Qurib bitkazilganidan so‘ng, u Dubaydagi “Burj Xalifa” minorasidan 200 metrga o‘zib, inson qo‘li bilan yaratilgan eng baland inshootga aylanadi.

Burj Xalifa, Dubay, BAA

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Dubaydagi balandligi 828 metr bo‘lgan “Burj Xalifa” (“Xalifa minorasi”) hozirgi kunda jahondagi eng osmono‘par bino hisoblanadi. Qurilish ishlari davomida uning balandligi muntazam sir tutilgan — boshqa birov bundan-da baland bino qurib qo‘ymasligi uchun.

Osmono‘par binolar, Shanxay, Xitoy

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Balandligi bo‘yicha “Burj Xalifa”dan keyingi o‘rinni Shanxayning Lujiazui biznes-tumanida joylashgan Shanghai Tower osmono‘par binosi egallagan. 632 metrlik binoning tashqi tomoni bitgan, ichkarida esa qurilish ishlari davom etmoqda. Ochilishi 2015-yil oxiriga rejalashtirilgan.

Abraj al-Bayt binolar majmuasi, Makka, Saudiya Arabistoni

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Abraj al-Bayt — Makkadagi baland binolar majmuasi. U og‘irligi bo‘yicha jahondagi eng katta bino, balandligi bo‘yicha esa “Burj Xalifa” va Shanxay minorasidan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Abraj al-Baytning balandligi 601 metrga teng.

Pinan xalqaro moliya markazi, Xitoy

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Xitoyning Guandun viloyati, Shenchjen shahrida balandligi 600 metr, 115 qavatdan iborat inshootni ham o‘z ichiga olgan binolar majmuasi — Pinan xalqaro moliya markazi qurilmoqda.

Jahon savdo markazi, Nyu-York, AQSh

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Jahon savdo markazi-1 yoki Ozodlik minorasi — quyi Manxettenda qurilayotgan yangi Jahon savdo markazi majmuasining markaziy inshooti hisoblanadi. U balandligi bo‘yicha G‘arbiy yarimshardagi eng baland, jahon bo‘yicha esa to‘rtinchi bino hisoblanadi. Qurilishi 2013-yil 10-may kuni yakuniga yetgan minoraning balandligi 541 metrga teng.

Taybey 101, Tayvan

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Taybey 101 — Tayvan poytaxtida joylashgan, 101 qavatdan iborat, balandligi 509,2 metr bo‘lgan bu binoda jahondagi eng tez liftlar ishlaydi — beshinchi qavatdan tomosha maydonchasi joylashgan 89-qavatga atigi 39 soniyada chiqish mumkin.

Xalqaro tijorat markazi, Gongkong

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Gongkong shahrining Koulun tumani g‘arbiy qismida 2010-yili 118 qavatdan iborat, balandligi 484 metr bo‘lgan Xalqaro tijorat markazi qurilgan edi.

Petronas minoralari, Kuala-Lumpur, Malayziya

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Petronas minoralari — Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi balandiligi 451,9 metr, 88 qavatdan iborat egizak osmono‘par binolardir.