O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi 3-dekabr kuni Belgradda (Serbiya) tashqi ishlar vaziri Marina Kalyurand boshchiligidagi Estoniya delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda “Gazeta.uz” O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib xabar beradi.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollarini muhokama qildi, shuningdek, Belgradda bo‘lib o‘tayotgan YeXHT tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishining kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida diplomatik pasport egalarini viza rasmiylashtirishdan ozod etish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolandi.