O‘zbekiston O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti Koreya milliy dendrariysi (faqat daraxt va butalar to‘plangan botanika bog‘i) bilan hamkorlikda “G‘arbiy Tyan-Shan florasi: Chimyon tog‘lari” nomli botanikaga oid rasmli kitobni chop etdi, deya xabar bermoqda “Review.uz”.

Foto: “Review.uz”

Foto: “Review.uz”

Tyan-Shan tog‘larida o‘sadigan 290 turdagi o‘simliklar haqida ma’lumotlarni jamlagan kitob koreys, ingliz, rus va o‘zbek tillarida chiqarildi.

2015-yilda Koreya milliy dendrariysi “Markaziy Osiyoning yashil xaritasi” loyihasini ishga tushirdi, undan ko‘zlangan maqsad Markaziy Osiyoda biologik xilma-xillikka ko‘mak berishdan iborat.