National Geographic nashri yuzma-yuz kelib qolgan paytda maksimal darajada ehtiyotkor bo‘lish kerak bo‘lgan o‘nta o‘ziga xos jonivorni sanab o‘tdi. Shunisi qiziqki, ularning ba’zilari tashqi ko‘rinishidanoq kishida shubha uyg‘otsa, qolganlari butunlay bezarar tuyuladi.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Begemot dangasa va ko‘ngilchan mavjudot sifatida tasvirlansa-da, aslida ular har yili Afrikadagi boshqa jonivorlarning barchasiga qaraganda ko‘proq odamlarni o‘ldiradi. Ular o‘z hududini asrovchi, tajovuzkor hayvonlardir.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Ko‘k halqali sakkizoyoqning asab-paralitik zahari odamni sanoqli daqiqalardayoq o‘ldira oladi, unga qarshi dori mavjud emas. Qurbonni faqat zudlik bilan amalga oshirilgan yurak-o‘pka reanimatsiyasi qutqarishi mumkin.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Ikki rangli pitoxu zaharli qo‘ng‘izlarni yeyish natijasida tanasida o‘ldiruvchi toksinlarni yig‘adi. Bundan tashqari, ular inlaridagi tuxumlarga zahar surib qo‘yish yo‘li bilan ularni yirtqichlardan himoya qiladi.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Daraxtda o‘rmalovchi baqa olamga go‘zalligi va zaharliligi bilan tanilgan. Janubiy va Markaziy Amerika tub aholisi ularning og‘usidan foydalanib, zaharli nayzachalar yasagan.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Ikki rangli pelamida — dengiz ilonining zahri qirollik kobrasinikidan ham kuchliroq bo‘lib, katta odamni osongina o‘ldiradi.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Ninaqorinlilarning tanasi o‘ldiradigan zaharga ega, bundan tashqari, ular shishib, ninali sharga aylanadi, shunda ularni hech qanday yirtqich yeya olmaydi.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Konuslar — yirtqich qorinoyoqli mollyuskalar neyrotoksinlar ishlab chiqaradi va ular yordamida o‘z qurbonlari tanasini eritib yuboradi. Bunday zahar odamni bir necha soniyaga hushdan ketkizishi, ba’zi hollarda, o‘ldirishi ham mumkin.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Leiurus quinquestriatus — “pisinib turgan qotil” yer yuzidagi eng xavfli chayondir. Uning zahri kuchli og‘riqni keltirib chiqarib, nafas olishni qiyinlashtiradi, natijada bu o‘limga olib keladi.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Bumslang zaharli iloni ulkan qoziqtishlari, kuchli zahari va o‘tkir ko‘zi bilan taniqli.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Lonomia olbiqua Braziliyada “qotil qurt” deb atalib, o‘tkir tikanlarga ega. Bu tikanlarda kuchli zahar bo‘lib, u qonning ivishiga yo‘l qo‘ymaydi, shuningdek, qorasonnikiga o‘xshash simptomlarni keltirib chiqaradi.