Taniqli me’mor va musavvir Rafael Xayrutdinov Toshkentda 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Kultura.uz”

Foto: “Kultura.uz”

Rafael Xayrutdinov mehnat faoliyatini 1957-yildan boshlagan, 1964-yilda esa “Tashgiprogor” institutida poytaxtning yangi markazini loyihalashtirish guruhiga jalb etilgandi. Jami ellikka yaqin me’moriy loyihalar ishlab chiqqan, ulardan 15 tasi poytaxt va boshqa shaharlarni bezab turibdi.

Jumladan, bevosita ishtiroki va hammualliflikda Badiiy akademiyaning markaziy ko‘rgazmalar zali, Kino uyi, Benkov nomli badiiy o‘quv yurti binolari kabi yirik loyihalar amalga oshirilgan. Rahbarligi ostida ko‘plab mehmonxona va istirohat bog‘lari, poytaxtdagi Qoratosh kichik tumani, Mirobod bozori, Nukus ko‘chasidagi maishiy xizmat uyi loyihalari ishlab chiqilgan.

Marhumning Badiiy akademiya markaziy ko‘rgazmalar zalida shaxsiy ko‘rgazmasi ochilishiga atigi ikki kun qolgandi.