Ko‘pchilik yo‘l davomida xuddi uyidagi yotoqda yotgandek biror joyga sayohatga borgisi keladi. Etihad Airways aviakompaniyasi bu orzuning ro‘yobini har qachongidan ham yaqinlashtirib, A380 layneri bortida butun boshli apartamentlar tayyorladi. AdMe mazkur laynerdagi virtual sayrga taklif etadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Bir yilcha avval aviakompaniya livreyalarini biroz o‘zgartirdi va yangi chiziqlar paydo bo‘lgan ilk samolyot A380 bo‘ldi: Birlashgan Arab Amirligi gerbi va bayrog‘i o‘rniga kilga turli rangdagi uchburchaklardan iborat surat tushirildi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

A380 aerobusi — ikki qavatli, unda 4 turdagi joylar bor: ekonom, biznes, birinchi klass va rezidensiya. Yuqori palubada lyuks o‘rinlar joylashgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Ikki yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan rezidensiya zinaning o‘ng tomonida joylashgan. 12 kvadrat metr maydonda uch xona — mehmonxona (undan oshxona va kinozal sifatida foydalansa ham bo‘ladi), yotoqxona va hojatxonasi bor dushxona mavjud. Rezidensiyada Londondagi Savoy mehmonxonasida malaka oshirgan xodimlar xizmat ko‘rsatadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Bunday rezidensiyada (A380 bortida u atigi bitta) Abu-Dabidan, masalan, Londonga bo‘ladigan parvoz 77 ming dirhamga (taxminan 20 ming dollar)ga tushadi. E’tiborli tomoni, bu o‘rin uchun chiptalar qariyb bir yil oldindan band qilib bo‘linadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

To‘laqonli karavoti bor yotoqxona.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Bir kishilik birinchi klass saloni biroz “oddiyroq” ko‘rinishga ega: uning maydoni taxminan 5 kvadrat metr. “Abu-Dabi — London” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz 31—36 ming dirham (taxminan 8,5—9,9 ming dollar)ga tushadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Pardevorni tushirib, qo‘shni bilan muloqot qilish mumkin. Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, pardevorning ikkinchi qismi yig‘ilmaydigan qilib ishlangan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Birinchi klass hojatxonasi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Biznes-klassga o‘tamiz. Bu yerda har kim pardevor bilan ajratilgan o‘z bo‘lmasida “yashaydi”.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Yo‘lovchi uchun to‘plamdan paypoqlar, quloqni shovqindan asraydigan vosita, tish cho‘tkasi, taroq va yo‘lda kerak bo‘ladigan boshqa zarur va yoqimli buyumlar o‘rin olgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Samolyotning dum qismi yuqori palubasida dam olish xonasi — biznes-klass yo‘lovchilariga mo‘ljallangan bar joylashgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Pastga tushib, ekonom-klassga o‘tamiz. Qirqilgan joyi bor qulay yostiqlarni ishlab chiqishga oxiri kimningdir aqli yetibdi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Yo‘lovchi va bort kuzatuvchilar uchun avariyaviy chiqish eshigi oldida joylashgan o‘rindiqlar.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Bolalar uchun mo‘ljallangan to‘plam.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Uchuvchilar kabinasi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Boshqaruv kabinasining shundoqqina ortida ekipajning dam olishi uchun mo‘ljallangan joy bor. Bu yerga biroz mizg‘ib olish uchun oromkursi va yotoq joyi o‘rnatilgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Yoqimli parvoz tilaymiz!

Foto: AdMe

Foto: AdMe