Tech Insider nashri texnologiyalar sohasidagi millioner va milliarderlarning avtomobillari bilan tanishtirdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Tim Kukning birinchi mashinasi Porsche Boxster bo‘lgan, biroq shu kunlarda u BMW 5 Series avtomobilidan foydalanmoqda.

tim-cooks-first-car-was-a-porsche-boxster-but-these-days-hes-been-seen-driving-a-bmw-5-series

Foto: Tech Insider

Tesla va SpaceX ortidan milliarderga aylangan Ilon Mask 67 Series 1 E Type Jaguar’ga egalik qiladi.

Foto: Tech Insider

Foto: Tech Insider

Facebook asoschisi va bosh direktori Mark Sukerbergning, ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta avtomobili bor, shulardan biri 1,3 million dollardan boshlanadigan Pagani Huayra superkaridir.

Foto: Tech Insider

Foto: Tech Insider

Microsoft asoschisi Bill Geytsning Porsche mashinalaridan iborat kattagina kolleksiyasi bor, biroq ular orasida eng zo‘ri, shubhasiz, Porsche 959 sportkaridir.

Foto: Tech Insider

Foto: Tech Insider

Amazon bosh direktori Jeff Bezos haligacha 1996-yilgi Honda Accord avtomobilini haydab yuradi. Bugungi kunda bu model taxminan 4000 dollar turadi.

Foto: Tech Insider

Foto: Tech Insider

Snapchat asoschisi va rahbari Evan Shpigelning Ferrari’si bor.

Foto: Tech Insider

Foto: Tech Insider

Uber taksi xizmati bosh direktori Trevis Kalanik faqat Uber’dan foydalanib harakatlanadi. Shuningdek, u qo‘shimcha ravishda Uber taksichisi bo‘lib ishlashi bilan mashhur.

Foto: Tech Insider

Foto: Tech Insider

Google asoschilaridan biri Sergey Brin Tesla’ning eng yangi mashinasi va birinchi yo‘ltanlamasi — Model X’ni qo‘lga kiritgan to‘rtinchi kishidir.

Foto: Tech Insider

Foto: Tech Insider

Sergeyning Google bo‘yicha sherigi Lerri Peyj ham Tesla avtomobiliga ega.

Foto: Tech Insider

Foto: Tech Insider

Napster asoschilaridan biri va Facebook birinchi prezidenti Shon Parker San-Fransiskoda Audi S5 haydab yursa, Los-Anjelesda uni 100 ming dollarlik Tesla Model S’da ko‘rish mumkin.

Foto: Tech Insider

Foto: Tech Insider

Dell bosh direktori Maykl Dell bir nechta mashinalar, jumladan Hummer H2 va Porsche Carrera GT’ga egalik qiladi.

dell-ceo-michael-dell-owns-several-cars-including-a-hummer-h2-no-longer-in-production-and-a-slick-porsche-carrera-gt

Foto: Tech Insider