O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillar Rossiyada “Yil avtomobili” reytinglariga kirdi, deya xabar bermoqda Uz24.

Foto: Uz24

Foto: Uz24

Uz-Daewoo Matiz “Ayollar avtomobili” yo‘nalishida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Bu yo‘nalishda Kia Picanto, Nissan Juke va Hyundai Solaris yetakchi bo‘ldi. O‘zbekistonning ixcham avtomobili Mazda 3, Audi A1 va Toyota RAV 4 kabi raqobatchilarini ortda qoldirdi.

“Oilaviy avtomobil” yo‘nalishida Chevrolet Orlando 12-pog‘onada joylashdi. Birinchi o‘rinni esa Lada Largus band qildi. Ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni Volkswagen Touran va Hyundai H-1 egalladi.

“Yil avtomobili” nashri tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda Synovate Comcon mustaqil tadqiqot kompaniyasi bilan birga, 40 mingga yaqin kishi qatnashdi.