16-yanvar, shanba kuni Rossiyaning “NTV” telekanalida Jon Uorrenning O‘zbekistonda, Samarqandda suratga olingan “Poyedem, poyedim!” (“Boramiz, tanovul qilamiz”) ko‘rsatuvi namoyish etildi. Bu haqda “Afisha” xabar berdi.

Foto: “Afisha”

Foto: “Afisha”

Ko‘rsatuv boshlovchisi, Buyuk britaniyalik Jon Uorren 20 yildan beri Rossiyada yashaydi. U 2012-yildan boshlab “NTV” kanalida “Poyedem, poyedim!” (“Boramiz, tanovul qilamiz”) nomli mazali taomlar va qiziqarli sayohatlar haqidagi shouni olib boradi.

Foto: “Afisha”

Foto: “Afisha”

2015-yil noyabrida Jon suratga olish guruhi bilan birga O‘zbekistonda bo‘ldi va Samarqand haqida hikoya qiluvchi ko‘rsatuv tayyorladi. Unda qadim shahar tarixi bayon qilingan, gilam to‘qish va so‘zana tikish, non yopish va dimlama tayyorlash jarayonlari ko‘rsatilgan, o‘zbek bozorining o‘ziga xos tomonlari aks ettirilgan.

Foto: “Afisha”

Foto: “Afisha”

Rossiya tasvirga olish guruhining O‘zbekistonga safari “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi ko‘magida amalga oshirilgan.