Ijtimoiy tarmoqlarda keyingi kunlarda hukm surgan iliq ob-havo sababli tabiatda ro‘y bergan uyg‘onish haqida hikoya qiluvchi xabar va fotolar e’lon qilindi. Ulardan birida 16-yanvar, shanba kuni Chirchiqda olingan surat joylashtirilgan bo‘lib, unda boychechak gullaganini ko‘rish mumkin.

Skrinshot: Twitter / Shef_uz

Skrinshot: Twitter / @Shef_uz

“Daryo” mobil muxbiri Gulnora Yusupova esa Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida binafsha va boshqa gullarning gullaganini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” mobil muxbiri

Foto: “Daryo” mobil muxbiri

Foto: “Daryo” mobil muxbiri

Foto: “Daryo” mobil muxbiri

12439529_799304216847923_3525554971762793598_n

Foto: “Daryo” mobil muxbiri

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2016-yilning yanvari boshlarida O‘zbekiston hududida o‘tgan yil dekabr oyida qayd etilgan yuqori harorat saqlanib qolishi, bunga chet janub hududlaridan respublikaga iliq va nam havoning kirib kelayotgani sabab ekanligi haqida xabar berilgandi.