AQShning The New York Times nashri ba’zi o‘zbek milliy taomlari haqida taqriz yozdi. Uni nashr o‘z Instagram sahifasida qisqacha keltirib o‘tdi.

Foto: Instagram / @nytimes

Foto: Instagram / @nytimes

Nashrning taomlar rukni jurnalisti Nyu-Yorkning Kuins tumanida o‘tgan yil avgustida ochilgan Taste of Samarkand (“Samarqand lazzati”) halol taomlar restoraniga tashrif buyurdi va pahlavadan achichukkacha bo‘lgan turli yeguliklarni tatib ko‘rdi.

Ilova qilingan suratda dasturxonga ko‘za sho‘rva, no‘xat sho‘rak, somsa, tuzlangan sabzavotlar, qovurilgan tovuq, sabzidan salat, shuningdek, non va choy tortilganini ko‘rish mumkin.

“Taomning mazasi ‘ochilishi’ uchun biroz vaqt zarur bo‘ladi, biroq bu ayni muddao”, — deb yozdi u.

Achichukni tanqidchi “pomidor va piyozning ko‘rinishidan juda oddiy bo‘lgan, biroq ta’m bilish retseptorlarini vaqtinchalik shok holatiga tushirib qo‘ya oladigan, achchiq qalampir qo‘shilgan aralashmasi” deya ta’rifladi.